Yangi talqinga o'tish
icon

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish

Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi

2. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hududiy bosh boshqarmalari ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiriradi hamda ARTni ishlab chiqishning qiymati ko‘rsatilgan invoysni taqdim etadi

3. Ariza beruvchi invoysda qayd etilgan to‘lovni amalga oshiradi

4. ARTni ishlab chiqilib, elektron shaklda rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi

Mazkur xizmatdan shaharsozlik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga asosan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l va yo‘l infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun ART olishda foydalaniladi

Ikki qavatdan yuqori bo'lmagan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan kam bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va loyiha hujjatini kelishishda hamda obyektnining faqat ixtisosi o'zgargan taqdirda ART olish talab etilmaydi

 

+998 (71) 239-35-82

+998 (71) 241-95-42

Yuridik va jismoniy shaxlar

Ilova qilinadigan hujjat (quyida ko‘rsatilgan hujjatlardan biri ilova qilinadi):

- tuman (shahar) qurilish bo‘limining ruxsatnomasi;

- “E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;

- yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori;

- texnik shartlar (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ehtiyoji bo‘lganda).

Obʼekt (bino va inshoot)larni yangi qurilishi uchun (yangidan ajratilgan yoki auktsion orqali yutib olingan yer maydonlarida) - 10 ish kuni

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʼzgartirish bilan qayta qurish, rekonstruktsiya qilish hamda oʼz hududida qoʼshimcha bino va inshootlarni qurish - 8 ish kuni

Ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar uchun - 5 ish kuni

  • Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im

  • Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 337500 so'm (0.9 BHM)
  • ARTni ishlab chiqish qiymati:

    Obyektlarni yangi qurilishi uchun (yangidan ajratilgan yoki auksion orqali yutib olingan yer maydonlarida)

  • Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 1500000 so'm (4 BHM)
  • Obyektlarni ixtisoslashishini o‘zgartirish bilan qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish uchun

  • Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 1312500 so'm (3.5 BHM)
  • Ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar uchun

  • Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 375000 so'm (1 BHM)

Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 918 odam

Umumiy statistika

Yangilari 127
Jarayonda 7850
Tugallanganlar 167867
Rad etilganlar 42487
To‘lov jarayonida 8756
Bekor qilingan 19210
Barcha 246297

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting