Work and travel xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borish-kelishi bilan bog‘liq xarajatlari uchun ssuda ajratish
Ariza beruvchi Yagona portalda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va xizmatning ma’muriy reglamentiga muvofiq tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda so‘rov yuboradi.
Agentligi ilova qilingan hujjatlarning xizmatning ma’muriy reglamentiga muvofiqligini 3 ish kuni ichida tekshiradi.
Agentlik boshqarmasi vakili 5 ish kuni ichida arizaga ilova qilingan hujjatlarni solishtirish orqali o‘rganadi. Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, kafil yoki sug‘urta polisi asosida qarz shartnomasi imzolanadi.
Ariza beruvchi 5 ish kunida tasdiqlangan shartnomani (pdf formatda) Yagona portal orqali agentlikka yuboradi.
Agentlik 1 ish kuni ichida shaxsiy kabinetiga ssuda ajratilishi haqida elektron shakldagi QR-kodli ma’lumotnoma yuboradi.
+998 (71) 209-01-04 (307)
Jismoniy shaxslar
1. Ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
2. Viza (ishlash va sayohat qilishga ruxsat beradigan hujjat);
3. Kafil roziligi yoki sug‘urta polisi.
15 ish kuni
Bepul
Umumiy statistika
| Yangilari | 20 |
| Jarayonda | 4 |
| Tugallanganlar | 99 |
| Rad etilganlar | 407 |
| To‘lov jarayonida | 0 |
| Bekor qilingan | 46 |
| Barcha | 576 |
