“Bir million dasturchi” loyihasini tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining bitiruvchilari uchun kompyuter xarid qilish bo‘yicha kredit foizlarini qoplab berish
1) Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;
2) Yoshlar ishlari agentligi 5 ish kun davomida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi;
3) Yoshlar ishlari agentligi tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda “Bir million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli tugatganligi haqidagi sertifikatga ega bo’lgan yoshlar kompyuter xaridi uchun shartnoma asosida ishlovchi do’kon topadilar;
4) Kredit rasmiylashtirish uchun AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB hamda AT “Aloqabank” laridan biriga murojaat qilishlari mumkin;
*Banklar tomonidan talab qilinadigan hujjatlar:
- Shaxsni tastiqlovchi hujjat(pasport);
- Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma;
- “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha o‘quv kurslarini tugatganligi yoki IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lganligi to‘grisidagi sertifikat nusxasi;
- Vakil hamda uning tasdiqlovchi hujjat(pasport);
- Kompyuter yoki noutbuk xaridi uchun do‘kon bilan tuzilgan shartnoma nusxasi.
Ariza topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan qonuniy vakil)
Umumiy statistika
Yangilari | 65 |
Jarayonda | 1 |
Tugallanganlar | 123510 |
Rad etilganlar | 46239 |
To‘lov jarayonida | 0 |
Bekor qilingan | 6260 |
Barcha | 176075 |