Kemani ro‘yxatdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish
1. Yuridik va jismoniy shaxs YIDXPda roʻyxatdan va/yoki avtorizatsiyadan oʻtadi va roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza va taʼsis hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tizim orqali yuboradi;
2. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi kema maʼlumotlari arizaga muvofiq boʻlganda toʻlov amalga oshirilganini tekshirgan holda guvohnomani shakllantiradi;
3. Agar roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan eʼtiroz boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi haqida qaror qiladi va tizim orqali kema egalarining shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboriladi;
4. Ariza beruvchi oʻn kun ichida bildirilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va kemani roʻyxatga qoʻyish uchun arizani qaytadan taqdim etishi mumkin;
5. Tashkilot nomi o'zgarsa yoki Kema guvohnomasi yo'qotib qo'yilgan taqdirda qayta rasmiylashtirish uchun ariza beriladi;
+998 (71) 202-05-01
Jismoniy va yuridik shaxslar
Kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatga quyidagi hujjatlardan mavjud boʻlgani ilova qilinadi:
- Kemani oldi-sotdi shartnomasi;
- Tashkilotga tegishliligi boʻyicha buyruq nusxasi yoki mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- Sud qarori;
- Chet eldan kelgan kemalar uchun bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;
15 kun
Yig'im
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 370800 so'm (0.9 BHM)
Umumiy statistika
| Yangilari | 0 |
| Jarayonda | 0 |
| Tugallanganlar | 47 |
| Rad etilganlar | 15 |
| To‘lov jarayonida | 10 |
| Bekor qilingan | 12 |
| Barcha | 84 |
