Yangi talqinga o'tish
icon

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya olish

Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

1. Ariza beruvchi litsenziya olish uchun YIDXPda ro'yxatdan o'tadi, ariza to'ldiradi va vakolatli organga yuboradi;

2. Bir ish kunida transport vazirligi ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga mosligini o'rganadi va ariza beruvchiga davlat boji to'lash uchun invoys yuboradi;

3. Arizachi to'lov amalga oshirilgandan so'ng, transport vazirligi litsenziya rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboradi.

Сall markaz: 1167

Jismoniy va yuridik shaxslar

a) yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami;

jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda - familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga hamda haydovchilik guvohnomasiga oid ma'lumotlar;

faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va/yoki litsenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalarining ro‘yxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

b) ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati yaratib berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi ma'lumotlar.

2 ish kuni mobaynida


Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 16582 odam

Umumiy statistika

Yangilari 867
Jarayonda 291
Tugallanganlar 917814
Rad etilganlar 173353
To‘lov jarayonida 45756
Bekor qilingan 103014
Barcha 1241095

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting