Xususiy tartibda faoliyat yurituvchi psixologlarga malaka sertifikatini berish
1. Arizachi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi.
2. Arizachi xizmat uchun to‘lovni amalga oshiradi va arizani yuboradi.
3. Ariza 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqilgan natijalarga ko‘ra arizachi my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga imtihonga qo‘yilganlik yoki qo‘yilmaslik haqida xabarnoma oladi.
4. Arizachi my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali malakaviy sertifikatni, yoki imtihondan o‘tmaganlik yoki qatnashmaganlik to‘g‘risida xabarnomani oladi.
+998995086606
Jismoniy shaxslar
Erkin shakldagi rezyume;
Oliy ma’lumot to‘g‘risida diplomning va psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlov kurslarida o‘qigani to‘g‘risidagi tegishli hujjatning nusxasi (psixologiyadan boshqa ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun);
Tavsifnomalar, talabgorning tegishli tematikalar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan psixologik tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi tavsiyalar va sertifikatlar (agar mavjudbo‘lsa);
Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatning nusxasi (mavjud bo‘lsa);
Psixologlarning jamoat birlashmasiga a’zolikni tasdiqlovchi hujjat.
Eslatmalar:
Agar talabgor psixologiya sohasida kasbiy qayta tayyorlash diplomini (qayta tayyorlash kurslari sertifikatini) chet eldagi oliy ta’lim muassasasi yoki markazida olgan bo‘lsa (o‘quv va amaliy jarayon kamida 576 soatni tashkil etishi kerak), bu kabi diplom (sertifikat) O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq vakolatli organda nostrifikatsiyadan o‘tgan bo‘lishi shart. Agar nostrifikatsiya talab etilmasa, bu haqda tegishli ma’lumotnoma nusxasi taqdim etilishi lozim.
Malakaviy sertifikatni bekor qilish uchun sertifikat egasining o‘zi ariza topshirgan taqdirda yuqoridagi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.
5 ish kuni (taqdim etilgan hujjatlarning malakaviy imtihonga kiritish talablariga muvofiqligini tekshirish uchun).
Talabgor imtihonga qo‘yilganda, malakaviy sertifikat olish muddatlari imtihonni o‘tkazish tartibiga bog‘liq.
Ariza berish va malaka imtihonini topshirish uchun yig‘im
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 741600 so'm (1.8 BHM)
Malaka sertifikatini sertifikat egasi tomonidan bekor qilish xizmati bepul.
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - . so'm (. BHM)
Umumiy statistika
| Yangilari | 0 |
| Jarayonda | 0 |
| Tugallanganlar | 0 |
| Rad etilganlar | 0 |
| To‘lov jarayonida | 0 |
| Bekor qilingan | 0 |
| Barcha | 0 |
