Yangi zamonaviy suzish havzalarini (basseyn) qurish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash
1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.
2. Turizm qo'mitasi arizaning belgilangan talablarga mosligini joyiga chiqqan holda oʻrganib dalolatnoma rasmiylashtiradi hamda xarajatlarni qoplash yoki xarajatlarni qoplashni rad etish toʻgʻrisida (rad etish asoslarini koʻrsatgan holda) qaror qabul qiladi.
3. Qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan soʻng YIDXP orqali talabgorga yuboradi.
4. Turizm qo'mitasi xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, talabgorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
+998 (71) 205-06-00
Jismoniy va yuridik shaxslar
1. Suzish havzasining loyiha hujjatlari;
2. Suzish havzasini qurish va ishga tushirish uchun tuzilgan pudrat shartnomasi;
3. Shartnomaga asosan toʻlov amalga oshirilganini tasdiqlovchi elektron hujjat (hisobvaraq-faktura, kassa yoki terminal apparati cheklari, bank toʻlov hujjatlari va boshqalar).
12 ish kuni
Bepul
Umumiy statistika
| Yangilari | 1 |
| Jarayonda | 0 |
| Tugallanganlar | 3 |
| Rad etilganlar | 1 |
| To‘lov jarayonida | 0 |
| Bekor qilingan | 0 |
| Barcha | 5 |
