IT-Visa ga ariza topshirish
IT Park rezidenti maqomini olish uchun:
O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish;
IT Park rezidentlari uchun ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxatiga muvofiq faoliyat tur(lar)ini amalga oshirish (https://lex.uz/docs/-4422250);
Portalda iqtisodiy jihatdan asoslangan biznes-rejani taqdim etish (https://it-market.uz/)
IT-Visa ni kimlar olishi mumkin?
IT-mutaxassislar — axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislik/ixtisoslikka ega, O‘zbekiston Respublikasidagi yuridik shaxs – rezidentda IT-yo‘nalishida ishlayotgan va so‘rov yuborish vaqtidan oldingi 12 oy mobaynida IT-faoliyatdan kamida 30 000 AQSH dollariga teng daromad olganini tasdiqlay oladigan shaxs.
IT Park rezidenti muassisi — belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va Rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan Texnopark rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsning muassisi hisoblangan jismoniy shaxs.
Investor — axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsga, kelishuv asosida, kamida 10 000 AQSH dollari miqdorida mablag‘ kiritayotgan jismoniy shaxs yoki xorijiy investitsiya kompaniyasining vakili.
Pasport nusxasi;
So‘nggi 12 oy ichida kamida 30 ming AQSh dollari miqdoridagi yillik daromadni tasdiqlovchi, bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan hujjat;
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs – ish beruvchidan arizachini IT yo‘nalishi bo‘yicha xodim sifatida ishga qabul qilish niyatini tasdiqlovchi xat (murojaatnoma);
Arizachining IT sohasi bo‘yicha mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat yoki rezyume);
Hamrohlik qiluvchi oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, farzandlari) haqidagi ma’lumotlar.
Umumiy statistika
Yangilari | 0 |
Jarayonda | 0 |
Tugallanganlar | 0 |
Rad etilganlar | 0 |
To‘lov jarayonida | 0 |
Barcha | 0 |