Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalarini va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish
Bo‘linmani hisobga qo‘yish uchun:
1. Bo‘linmani tuzish, tashkil etish, faoliyatini tugatish tartibi, shuningdek, ularning huquqlari va majburiyatlari nazarda tutilgan tegishli kasaba uyushmasi ustavining nusxasi yoki tegishli kasaba uyushmasi ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan davlat tilidagi bo‘linma to‘g‘risidagi nizom.
2. Tegishli kasaba uyushmasi ustavida belgilangan vakolatli rahbar organning bo‘linmani tashkil etish to‘g‘risidagi bayonnomasi (qarori). Bunda bo‘linmaning rahbar organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.
3. Tegishli kasaba uyushmasining markaziy rahbar organi tomonidan bo‘linma rahbariga berilgan ishonchnomaning nusxasi.
Boshlang‘ich tashkilotni hisobga qo‘yish uchun:
1. Tegishli kasaba uyushmasi ustaviga muvofiq ishlab chiqilib, tasdiqlangan davlat tilidagi boshlang‘ich tashkilot to‘g‘risidagi nizom.
2. Tegishli kasaba uyushmasi a’zolarining boshlang‘ich tashkilotni tashkil etish to‘g‘risidagi bayonnomasi yoxud qarori (bunda boshlang‘ich tashkilotning rahbar organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.
Umumiy statistika
Yangilari | 0 |
Jarayonda | 0 |
Tugallanganlar | 0 |
Rad etilganlar | 0 |
To‘lov jarayonida | 0 |
Barcha | 0 |