icon

Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish

Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Avtomatik
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Avtomatik

1. Nodavlat notijorat tashkiloti YAIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ariza va taʼsis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga tizim orqali yuboradi. Ariza yuborish jarayonida tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan davlat boji to‘lanadi yoki davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat biriktiriladi;
2. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organi tomonidan diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan eʼtiroz bo‘lmasa, diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi buyruqni tizimda shakllantiradi va u asosda real vaqt rejimida soliq va statistika organlaridan KTUT va STIR kodlarini olgan holda guvohnomani shakllantiradi;
3. Agar ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan eʼtiroz bo‘lsa,ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi haqida buyruqni shakllantiradi va u asosda diniy tashkilot tashabbuskorlari xat bilan tizim orqali xabardor qilinadi.

+998(71)207-04-39

Diniy tashkilot tashabbuskorlari va diniy tashkilot markaziy boshqaruv organlari

1. Mahalliy diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatga:

- mahalliy diniy tashkilotni o‘z tashabbusiga ko‘ra tuzayotgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ellik nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari imzolarini o‘z ichiga olgan hujjatning;

- taʼsis yig‘ilishining mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan qarorining;

- mahalliy diniy tashkilotning davlat tilidagi ustavining;

- mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari to‘g‘risidagi va uning rahbar organi aʼzolari haqidagi hujjatlarning;

- mahalliy diniy tashkilotning rahbarida diniy professional maʼlumot mavjudligi to‘g‘risidagi hujjatning, bundan taʼlimoti diniy professional taʼlim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno;

- Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xulosasining;

mahalliy diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkning shaharsozlik normalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilingan holda mahalliy ijroiya hokimiyati organi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) xulosasining elektron nusxasi ilova qilinadi.

2. Markaziy boshqaruv organini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi elektron murojaatga:

- taʼsis yig‘ilishining (konferensiyasining) markaziy boshqaruv organini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va boshqaruv organlarini saylash to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan qarorining;

- markaziy boshqaruv organining davlat tilidagi ustavining;

- joylashgan yeridan diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkka egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning;

- markaziy boshqaruv organining taʼsischilari va uning rahbar organi aʼzolari to‘g‘risidagi hujjatlarning;

- markaziy boshqaruv organining rahbarida diniy professional maʼlumot mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning, bundan taʼlimoti diniy professional taʼlim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno;

- Din ishlari bo‘yicha xulosasining elektron ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi.

3. Diniy taʼlim muassasasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi elektron murojaatga:

- markaziy boshqaruv organining diniy taʼlim muassasasini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash (tayinlash) bo‘yicha maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan qarorining;

- diniy taʼlim muassasasining davlat tilidagi ustavining;

- diniy taʼlim muassasasining rahbar organi aʼzolari to‘g‘risidagi hujjatlarning;

- Din ishlari bo‘yicha xulosasining va vakolatli organ xulosasining elektron ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi.

Umumiy statistika

Yangilari 0
Jarayonda 0
Tugallanganlar 0
Rad etilganlar 0
To‘lov jarayonida 0
Barcha 0

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting