Yangi talqinga o'tish
icon

Toshkent shahridagi obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish ruxsatnomasi va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini olish

Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi

2. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tuman (shahar) qurilish bo‘limlari bino va inshoot joylashgan hududga chiqqan holda obyektning ixtisoslashishini o‘zgartirish hamda rekonstruksiya qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi

3. Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish hamda rekonstruksiya qilish to'g'risida ruxsatnoma rasmiylashtiradi yoki ruxsatnoma berishni asoslantirgan holda rad etadi

4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hududiy bosh boshqarmalari  ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiriradi hamda ARTni ishlab chiqishning qiymati ko‘rsatilgan invoysni taqdim etadi

5. Ariza beruvchi invoysda qayd etilgan to‘lovni amalga oshiradi

6. ARTni ishlab chiqilib, elektron shaklda rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi

Ikki qavatdan yuqori bo'lmagan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan kam bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va loyiha hujjatini kelishishda hamda obyektnining faqat ixtisosi o'zgargan taqdirda ART olish talab etilmaydi

+998 (71) 210-11-04 (1120)

Yuridik va jismoniy shaxslar

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:

- Turar joyga birgalikda egalik qiluvchilarning notarial tasdiqlangan yozma roziligi (agar mavjud bo‘lsa);

- Ko‘chmas mulk taqiq, xatlov yoki garovga (ipotekaga) qo‘yilgan bo‘lsa, vakolatli organning rozilik xati.

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini olishda quyida ko‘rsatilgan hujjatlardan biri ilova qilinadi:

- Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish ruxsatnomasi; 

- “E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;

- manzilli dasturga kiritilgan obyektlar loyihasini amalga oshirish uchun hukumat yoki mahalliy hokimiyat qarori;

- Obyekt qurilishi yangi yer uchastkasida rejalashtirilayotganda uni ajratish haqidagi tegishli shahar va tuman hokimining qarori;

- texnik shartlar (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ehtiyoji bo‘lganda).

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruktsiya qilish, o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish hamda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning vaqtinchalik ma‘muriy reglamentini tasdiqlash haqida qo‘shma qaror

Davlat xizmati uchun yigʻim:

Yagona portal orqali topshirilganda – 168 750 soʻm (0,45 BHM);

ARTni ishlab chiqish qiymati:

Obyektlarni yangi qurilishi uchun (yangidan ajratilgan yoki auksion orqali yutib olingan yer maydonlarida) – 1 500 000 soʻm (4,0 BHM);

Obyektlarni ixtisoslashishini oʻzgartirish bilan qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish uchun – 1 312 500 soʻm (3,5 BHM);

Ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar uchun – 375 000 soʻm (1,0 BHM).


Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 10 odam

Umumiy statistika

Yangilari 53
Jarayonda 231
Tugallanganlar 1196
Rad etilganlar 1623
To‘lov jarayonida 224
Bekor qilingan 319
Barcha 3646

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting