Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga kiritish, reyestrdan chiqarish va maʼlumotlarni o‘zgartirish
1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi
2. Kerakli turdagi so‘rovnomani to‘ldiradi va yuboradi
3. Vakolatli tashkilot arizani ko‘rib chiqadi, reyestrga kiritishda 3 ish kuni ichida fermer xo‘jaligi reyestriga kiritilgani haqida ma'lumotnoma yuboradi yoki arizani rad etadi. Reyestrdan chiqarish bo'yicha ariza berilganda 1 ish kunida reyestrdan chiqariladi yoki ariza rad etiladi. Ma'lumotlarni o'zgartirish bo'yicha arizalar bo'yicha 3 ish kunida reyestr ma'lumotlari o'zgartiriladi yoki ariza rad etiladi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari quyidagi holatlarda Reyestrdan avtomatik tarzda chiqariladi:
- ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tugatilganda;
- ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va o‘zgartirish).
a) fermer xo‘jaliklarini Reyestrga kiritish uchun: ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ishlab turgan o‘z xususiy vositalarning asosiy ro‘yxati nusxasi (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar); qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha faoliyat, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari amalga oshirilishini tasdiqlovchi (fermer xo‘jaligi tomonidan tasdiqlangan) shartnomalar va hisob-fakturalar nusxasi (bajarilgan ishlar dalolatnomasi va shu kabilar); moliyaviy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi hisobot. b) Reyestrga o‘zgartirish kiritish uchun: o‘zgartirishlarni asoslantiruvchi hujjatlar. |
Reyestrga kiritish va ma'lumotlarni o'zgartirish - 3 ish kuni;
Reyestrdan chiqarish - 1 ish kuni.
Umumiy statistika
Yangilari | 5 |
Jarayonda | 4 |
Tugallanganlar | 2 |
Rad etilganlar | 3 |
To‘lov jarayonida | 0 |
Bekor qilingan | 1 |
Barcha | 15 |