Shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo muntazam norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘riladigan zararni qoplab berish
Ariza beruvchi, yaʼni Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yo‘nalishlarida zarar ko‘rgan yuridik shaxs YIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza yuboradi. Arizada yuborilgan maʼlumotlar asosida tashuvchilarga ular tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishida 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi uchun, istisno tariqasida, 40 foizgacha (40 foiz ham shu jumlaga kiradi) miqdorda ko‘rilgan zararni subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berish, agar ko‘rilgan zarar miqdori 30 foizdan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi uchun 40 foiz) oshgan taqdirda subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi
1.Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 718-son qarorining 3-ilovasiga muvofiq norentabel yo‘nalishdan ko‘rilgan zarar bo‘yicha hisob-kitob hujjatlari;
2.Moliyaviy hisobot; (Bunda, Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot, ya’ni soliq inspeksiyaga topshiriladigan korxonaning moliyaviy hisobotlari)
3.Statistik hisobot; (Hududiy Statistika boshqarmalariga topshiriladigan hisobotlar)
4.Yoqilg‘i, material xarajatlarini asoslovchi hisob-faktura va yoqilg‘i normasi hamda yoqilg‘i sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Umumiy statistika
Yangilari | 0 |
Jarayonda | 0 |
Tugallanganlar | 0 |
Rad etilganlar | 0 |
To‘lov jarayonida | 0 |
Bekor qilingan | 0 |
Barcha | 0 |