Yangi talqinga o'tish
icon

Mehmonxona qurish, jihozlash va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratish

Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

Аriza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza yuboradi.

Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibiga ko‘ra:
Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

  • toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 mln so‘m;
  • 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 mln so‘m;
  • 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 25 mln so‘m.

Bunda mehmonxona kamida ikki qavatdan iborat bo‘lishi lozim.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida uch yulduzliga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalar uchun subsidiya ajratish tartibiga kora:

Subsidiya Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan va toifaga ega bo‘lmagan mehmonxona belgilangan tartibda uch yulduzli toifaga ega bo‘lganda ajratiladi.
Tadbirkor subsidiya olish uchun hujjatlarni topshirish sanasida bankrotlik yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi lozim.
Tadbirkorga uch yulduzli toifaga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalarning har bir xonasiga Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yigirma million so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Xorazm viloyatida investorlar tomonidan foydalanishga topshirilgan mehmonxonalarning har bir xonasi uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan quyidagi miqdorlarda bir martalik subsidiya ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

  • toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 10 mln so‘m;
  • 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 mln so‘m;
  • 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 mln so‘m;
  • 3, 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarorida belgilangan miqdorlarda.

Call markaz:
+998 (71) 200-00-88

Surxondaryo viloyati:
19 ish kuni.

Xorazm viloyati:
19 ish kuni.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
20 ish kuni.

Agar qo'shimcha talab etilganda - 20 ish kuni.


Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 1 odam

Umumiy statistika

Yangilari 2
Jarayonda 1
Tugallanganlar 6
Rad etilganlar 3
To‘lov jarayonida 0
Bekor qilingan 13
Barcha 25

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting