Yangi talqinga o'tish
image

Haydovchi hujjatlari raqamlashdi. Tez orada qanday qulayliklar bo‘ladi?

07.01.2022

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 1-martidan boshlab identifikatsiya ID-kartasi bo‘lgan haydovchidan transportni boshqarish va ro‘yxatdan o‘tkazganlik, ishonchnoma hamda sug‘urta to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zi bilan olib yurish talab qilinmaydi.

Raqamlashtirish tufayli davlat yo‘l xavfsizligi xizmati xodimlari mazkur hujjatlarni maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshirishadi.

Bu bilan haydovchilarimiz endi transportni boshqarish va ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlar, ishonchnoma hamda sug‘urtani rasmiylashtirish bekor bo‘libdi, degan fikrga borishmasin. Ular albatta rasmiylashtirilishi shart. Faqat jarayon avtomatlashtirilganligi hisobiga mazkur hujjatlarni identifikatsiya ID-kartasi bor haydovchilar o‘zlari bilan olib yurmasligi javobgarlikka sabab bo‘lmaydi.

Shuningdek, haydovchilarga transport vositasini boshqarish vaqtida uyali aloqaning xavfsiz va qo‘lni band qilmaydigan texnik vositalaridan (quloqchin, bluetooth) foydalanishga ruxsat beriladi.

Transport vositasini boshqarish paytida salonning old qismiga o‘rnatilgan monitordan tele-, videodasturlarni tomosha qilishga qo‘yilgan taqiq saqlab qolingan holda, monitorni o‘rnatganlik uchun javobgarlik ham bekor qilinadi.

Shuni inobatga olib, 2022-yilning 1-fevraliga qadar sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham yagona axborot tizimiga to‘liq kiritiladi.

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting