Yangi talqinga o'tish
image

2021-yil sarhisobi

30.12.2021

Joriy yildagi statistika ma’lumotlari asosida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish ko‘rsatkichi tahlil qilindi.

2020-yilda Yagona portalda 218 ta elektron xizmat mavjud bo‘lgan.

2021-yilda ko‘rsatkich 38 foizga oshib, 304 taga yetdi: 100 ta elektron xizmat yangidan ishga tushdi va takomillashtirildi.

2021-yilda mobil ilovaning yangi talqini yaratildi, undan 100 ta elektron xizmat o‘rin oldi. 21 tasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib foydalanish mumkin.

Respublika bo‘ylab 1000 dan ortiq pochta bog‘lamalarida 34 turdagi elektron xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan maxsus modul (consul.gov.uz) orqali 6 ta davlat xizmatlarini ko‘rsatish, xususan, elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini berish yo‘lga qo‘yildi.

2021-yilda Yagona portal orqali yuridik va jismoniy shaxslardan jami 9,2 mln.ta ariza kelib tushgan: ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 3 barobarga ko‘p.

Aholidan kelib tushgan umumiy arizalarning 56 foizi Yagona portal orqali elektron ko‘rinishda, 44 foizi shaxsan joylarga tashrif buyurib yuborilgan.

2020-yilda bu ko‘rsatkich Yagona portal orqali 33 foizni, joylarga chiqish – 67 foizni tashkil etgan.

2021-yilda Yagona portal foydalanuvchilari soni 2020-yilgan nisbatan 3 barobarga oshib, 1,1 mln.dan ziyodni tashkil etdi.

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting