Yangi talqinga o'tish
image

Doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganda QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i beriladi

29.12.2021

Hukumat qarori (785-son, 29.12.2021 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, bekor qilish va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish xizmatlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona ijtimoiy davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatidan uy-joy hujjatlari chiqarib tashlandi.

Doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganda QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i beriladi.

Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinishini bekor qilish asoslari belgilandi:
  
- bir manzildan boshqa manzilga ro‘yxatga olinganda;
- mulkdor arizasiga ko‘ra;
- mulkdor o‘zgarganda;
- sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shasxni bedarak yo‘qolgan deb topish; 
- ko‘chirish haqidagi qarori asosida;
- fuqaro xorijga doimiy yashashga ketganida;
- sohta hujjatlar asosida ro‘yxatga olinganlik aniqlanganda;
- umrbod ozodlikdan mahrum etilganda;
- vafot etganda.

Ushbu nizom Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun tatbiq etilmaydi.

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting