Yangi talqinga o'tish
image

1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

27.11.2021

1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

2021-yil 1-dekabrdan O‘zbekiston qonunchiligida ayrim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Quyida ularning elektron xizmatlarga bog‘liq qismlarini eslatib o‘tamiz.

Ko‘chma savdo soddalashtiriladi

  • Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ko‘chma savdo ob’yektlarini «K–SAVDO» avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi;
  • Ko‘chma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) ko‘chma savdo ob’yektlarining joylashish sxemalari bo‘yicha «K-SAVDO» AAT orqali elektron auksionda sotiladi.

Davlat organlari faoliyatining ochiqligi baholanadi

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish va ochiqligini baholash metodikasi asosida har yil yakuni bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining Ochiqlik indeksi aniqlanadi.

Chet elda yashaydigan yurtdoshlarimiz davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi

  • Chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratiladi. O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ularga ERI kaliti sertifikatlarini beradi;
  • O‘zbekistonda doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga JShShIR soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida hamda davlat xizmatlari markazlarida beriladi;
  • litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berish uchun qonunchilik hujjatlarida milliy valyutada belgilangan to‘lovlarni BHMning 10%igacha miqdorda belgilandi. Qonunchilik hujjatlarida to‘lovlar belgilanmagan yoki BHMning 10%idan kam miqdorda belgilangan hollar bundan mustasno. Bunda QR-kod qo‘yilgan litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berish uchun to‘lov undirilmaydi.

Bojxonada – yagona hisobvaraq-faktura asosida oldindan to‘lov

O‘zbekiston Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida:

  • veterinariya va fitosanitariya organlarining tovarlarga tegishli hujjatlarni tekshirish va rasmiylashtirish vazifalari «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
  • veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi;
  • to‘lanadigan barcha yig‘imlarni transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar yagona hisobvaraq asosida oldindan to‘lash amaliyoti joriy etiladi

Elektron cheklarda – qo‘shimcha ma’lumotlar

Elektron cheklarda elektron to‘lov tizimlari xizmatlari yordamida amalga oshirilgan tranzaksiyalarning («P2P» to‘lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o‘rnatiladi.

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting