🗣 1-avgustdan talabalar turar joyiga ariza topshirish jarayoni start oldi. Arizalarni my.gov.uz orqali bepul yuborish mumkin.
🧑💻 Buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi, my.gov.uz portaliga kirib, tegishli xizmatni tanlang va ko'rsatmalarga amal qiling.
✨ Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
👉 Bular:
⏺ Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lganlar;
⏺ Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari ("Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari");
⏺ Nogironligi bo'lgan talabalar;
⏺ Bir oiladan ikki va undan ortiq to'lov-kontrakt asosida o'qiydiganlar;
⏺ Fan olimpiadalari g'oliblari;
⏺ "Yil talabasi" va boshqa tanlovlar g'oliblari;
⏺ Talabalar turar joyida faol talabalar (masalan, talabalar kengashi raisi yoki qavat sardori).
📆 Arizalarni 2025-yil 1-avgustdan boshlab o'quv yili oxirigacha topshirish mumkin.
❗️ Eslatma: 2025/2026-o‘quv yilida OTMlarning 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natijalar e'lon qilingandan so‘ng ariza topshirishlari mumkin.