Yangi talqinga o'tish
image

❗️ Talabalar turar joyiga ariza topshirish boshlandi

01.08.2025

🗣 1-avgustdan talabalar turar joyiga ariza topshirish jarayoni start oldi. Arizalarni my.gov.uz orqali bepul yuborish mumkin.

🧑‍💻 Buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi, my.gov.uz portaliga kirib, tegishli xizmatni tanlang va ko'rsatmalarga amal qiling.

✨ Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

👉 Bular:

⏺ Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lganlar;
⏺ Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari ("Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari");
⏺ Nogironligi bo'lgan talabalar;
⏺ Bir oiladan ikki va undan ortiq to'lov-kontrakt asosida o'qiydiganlar;
⏺ Fan olimpiadalari g'oliblari;
⏺ "Yil talabasi" va boshqa tanlovlar g'oliblari;
⏺ Talabalar turar joyida faol talabalar (masalan, talabalar kengashi raisi yoki qavat sardori).

📆 Arizalarni 2025-yil 1-avgustdan boshlab o'quv yili oxirigacha topshirish mumkin.

❗️ Eslatma: 2025/2026-o‘quv yilida OTMlarning 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natijalar e'lon qilingandan so‘ng ariza topshirishlari mumkin.

Barcha yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025
❗️ Moliyaviy xavfsizligingiz uchun bu juda muhim!

❗️ Moliyaviy xavfsizligingiz uchun bu juda muhim!

11.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting