🟡 2025-2026-o'quv yilida akademik litseylarga kirish uchun onlayn ro'yxatdan o'tgan abituriyentlarga imtihonga kirish uchun "Imtihon ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
👨💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining "Arizalar" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
🪪 Test sinoviga ID-karta va imtihon ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtda kelish shart.
❗️ ID-karta nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikkan o'quvchilar test sinovlariga kiritilmaydi!
✅ Barchaga imtihonlarda omad tilaymiz!