⌨️ Afsuski, firibgarlar tomonidan boshqa birovning nomiga kredit rasmiylashtirish holatlari uchrab turibdi.
📱 Shu paytgacha fuqarolar kredit tarixi olishga cheklov qo‘yish imkoniyatiga ega edilar. Endi esa bunday noxush vaziyatlarning oldini olish uchun yanada kuchliroq vosita — my.gov.uz portalida “Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqlashni olib tashlash” xizmati bor!
👨💻 Endilikda siz nomingizga kredit rasmiylashtirilishiga osongina taqiq qo‘yishingiz mumkin! Kredit tashkilotlari esa qarz berishdan oldin, fuqaro o‘ziga kredit ajratilishiga taqiq qo‘yganmi-yo‘qmi, tekshirishga majbur. Agar taqiq aniqlansa, sizning nomingizga kredit ajratilmaydi!
🗣 Bundan foydalanish juda oson!
💬 my.gov.uz portalida “Iqtisodiyot, biznes va e-tijorat” boʻlimiga oʻting.
💬 "Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqlashni olib tashlash" xizmatini tanlang.
💬 Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish uchun “faollashtirish”ni, olib tashlashda esa “xizmatni o‘chirish” tugmasini bosing.
📲 Agar zarurat tugʻilsa, xizmat natijasi bo‘yicha maʼlumotnomani ham onlayn yuklab olish mumkin.
Eng muhimi: mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!