📁 Hukumatning 1-iyulda qabul qilingan qarori bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.
👨💻 Hujjat bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashish elektron reyestri” axborot moduli yuritiladi. Nogironligi bo‘lganlar bandligini ta’minlagan tadbirkor hamda xususiy bandlik agentliklariga bandlikka ko‘maklashish va ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyalari ajratiladi.
👨🏻🦼 Bitta tashkilot nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun jami 500 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya olishi mumkin.
💰 Bandlikka ko‘maklashish subsidiyasini olish uchun tadbirkor elektron reyestrdagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroning kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini ta’minlagan, bu davrda unga har oyda MHTEKMning 2 baravaridan (2,31 mln so‘m, 1-avgustdan 2,542 mln so‘m) kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lagan bo‘lishi kerak.
🗣 Ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyasi bandligi ta’minlangan I yoki II guruh nogironligi bo‘lganlar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha miqdorda ajratiladi.
👉 Subsidiyaning har oylik miqdori quyidagicha:
💬 surdotarjimon xizmati uchun BHMning 8 baravari;
💬 psixolog xizmati uchun BHMning 10 baravari;
💬 hamrohlik xizmati uchun BHMning 5 baravari.
📱 Tadbirkorlar subsidiyalarni olish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizim yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.