💬 9-sinf bitiruvchilari my.gov.uz portali orqali yurtimizning istalgan akademik litseylariga onlayn hujjat topshirishi mumkin!
✨ 2025/2026-o‘quv yili uchun ham hujjat topshirish jarayonida bir vaqtning o‘zida 3 ta akademik litseyni ustuvorligidan kelib chiqib, belgilash imkoniyatiga egasiz. Bu degani, agar birinchi tanlagan litseyingizga kira olmasangiz, navbatdagi ustuvorlikdagi litseyga kirish imkoniyatingiz saqlanib qoladi. Bu juda katta qulaylik!
📆 Kirish imtihonlari iyul oyida bo‘lib o‘tadi. Imtihon uchun yo‘llanmalaringizni “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olishingiz mumkin.
🗣 Akademik litseylarga qabul jarayoni ikki bosqichda o‘tkaziladi:
💬 1-bosqich: Ikkita fan bo‘yicha kirish test sinovlari.
💬 2-bosqich: Intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovi.
🟡 Imkoniyatdan unumli foydalanib, orzuingizdagi litsey talabasi bo‘ling!