🔝 Bugun, 30-iyun – mamlakatimizda Yoshlar kuni! Barchangizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan my.gov.uz jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
🔄 Siz — O‘zbekistonimizning eng katta boyligi, qudrati va porloq kelajagi kafolatisiz!
📱 my.gov.uz portali doim yoningizda turib, hayotingizni yanada yengillashtirish, bebaho vaqtingizni tejash hamda davlat xizmatlaridan qulay, shaffof va tezkor foydalanishingizni ta’minlashga intiladi. Ta’limdan tortib, tadbirkorlikkacha, ishga joylashishdan tortib, turli imtiyozlargacha — my.gov.uz siz uchun ishonchli ko‘makchi bo‘la oladi.
✅ Sizning har bir g‘oyangiz, tashabbusingiz va erishgan yutug‘ingiz Vatanimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Kelajak rejalaringiz amalga oshsin, orzularingiz ro‘yobga chiqsin! Sizga kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘liq va omad tilaymiz!
📱 my.gov.uz portalidagi yoshlarbop xizmatlarni albatta ko‘rib chiqing va ulardan faol foydalaning. Zero, biz siz uchun xizmat qilamiz!
❗️ Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!