Yangi talqinga o'tish
image

❗️ Yangi xizmat! Nomingizga kredit rasmiylashtirilishini cheklang!

02.07.2025

🗣 Firibgarlardan himoyalanishda yana bir ishonchli qadam! 

⌨️ Afsuski, firibgarlar tomonidan boshqa birovning nomiga kredit rasmiylashtirish holatlari uchrab turibdi. Shu paytgacha fuqarolar kredit tarixi olishga cheklov qo‘yish imkoniyatiga ega edilar. Endi esa bunday noxush vaziyatlarning oldini olish uchun yanada kuchliroq vosita bor!

👨‍💻 my.gov.uz portalida “Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqlashni olib tashlash” xizmati ishga tushirildi!

❓ Bu nima degani? Endilikda siz nomingizga kredit rasmiylashtirilishiga osongina taqiq qo‘yishingiz mumkin! Kredit tashkilotlari esa qarz berishdan oldin, fuqaro o‘ziga kredit ajratilishiga taqiq qo‘yganmi-yo‘qmi, tekshirishga majbur. Agar taqiq aniqlansa, sizning nomingizga kredit ajratilmaydi!

🗣 Ushbu qulaylikdan foydalanish juda oddiy!

💬 my.gov.uz portalida “Iqtisodiyot, biznes va e-tijorat” boʻlimiga oʻting.
💬 "Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqlashni olib tashlash" xizmatini tanlang.
💬 Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish uchun “faollashtirish”ni, olib tashlashda esa “xizmatni o‘chirish” tugmasini bosing.

📲 Agar zarurat tugʻilsa, xizmat natijasi bo‘yicha maʼlumotnomani ham onlayn yuklab olish mumkin.

Eng muhimi: mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

📱 my.gov.uz yordamida o‘zingiz va yaqinlaringizni firibgarliklardan himoya qiling!

Barcha yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025
❗️ Moliyaviy xavfsizligingiz uchun bu juda muhim!

❗️ Moliyaviy xavfsizligingiz uchun bu juda muhim!

11.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting