Yangi talqinga o'tish
image

26 iyun — Giyohvandlik va giyohvand moddalar aylanishiga qarshi kurashning Xalqaro kuni

26.06.2025

Har yili 26 iyun sanasida dunyo bo‘ylab Giyohvandlik va giyohvand moddalar aylanishiga qarshi kurashning Xalqaro kuni nishonlanadi. Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan belgilangan bo‘lib, uning maqsadi — giyohvandlikning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashish zaruratiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdir.

Giyohvandlik — nafaqat inson salomatligiga, balki butun jamiyat xavfsizligiga va barqaror rivojlanishiga tahdid soluvchi omildir. Bu muammoning oldini olish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ongli yondashuv zarur.

O‘zbekistonda fuqarolarning sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamonaviy raqamli xizmatlar joriy etilmoqda. my.gov.uz portalida fuqarolar sog‘lig‘ini nazorat qilish va baholashga qaratilgan bir qator xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Shulardan biri — Narkologik dispanserda hisobda turish yoki turmaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish xizmati bo‘lib, bu hujjat ko‘plab rasmiy jarayonlar, jumladan, ishga joylashish, haydovchilik guvohnomasini olish yoki o‘qishga kirishda talab etiladi.

📌 Shuningdek, siz salomatlik ko‘rsatkichlaringiz bilan tanishib, o‘z holatingiz bo‘yicha foydali tavsiyalarni olishingiz mumkin.

👉 my.gov.uz portaliga tashrif buyurib, quyidagilardan foydalaning:

Narkologik ma’lumotnomani onlayn oling ;

Tibbiy ma’lumotlaringizni ko‘rib chiqing ;

Sog‘lom turmush tarzini raqamli xizmatlar bilan qo‘llab-quvvatlang.

Sog‘lig‘ingizni asrang — profilaktika har doim davolashdan ustundir.

Barcha yangiliklar

📱 MyGov raqamli servislaridan to'g'ri foydalanish tartibini bilib oling!

▶️ Raqamli hujjatlardan to'g'ri foydalanish, ularni tekshirish va xavfsizligini ta'minlashni bilmoqchimisiz? Batafsil videoqo'llanmamizda tanishing!

03.07.2025
❗️ Yangi xizmat! Nomingizga kredit rasmiylashtirilishini cheklang!

🗣 Firibgarlardan himoyalanishda yana bir ishonchli qadam!

02.07.2025
Davlat gerbimizga 32 yil: Tarix, qadriyat va raqamli davr.

2 iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. 1992 yilda tasdiqlangan ushbu muqaddas ramz — milliy tariximiz va davlatimizning mustaqillik timsolidir.

02.07.2025
⚡️ Prezident maktablariga imtihonlar: muhim sana yaqinlashmoqda!

❗️ 6-iyul kuni Prezident maktablariga qabul imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

02.07.2025
❗️ my.gov.uz – 12 yoshda!

✨ Bugun biz uchun muhim sana! 12 yil avval, 2013-yil 1-iyulda, Oʻzbekistonda raqamli davlat xizmatlarining poydevori – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz ishga tushirilgan edi.

01.07.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting