Yangi talqinga o'tish
image

☄️ "Work and Travel" dasturi ishtirokchilari diqqatiga: my.gov.uz orqali FOIZSIZ SSUDA olish boshlandi!

17.05.2025

🗣 Bugundan boshlab "Work and Travel" dasturida qatnashishni orzu qilgan talabalarning xorijda ishlash va sayohat qilish xarajatlarini qoplashda my.gov.uz yaqindan yordam beradi. Maxsus, foizsiz ssuda imkoniyati ishga tushdi!

🔝 Ushbu imkoniyatdan:
Yoshi 16 dan 30 gacha bo‘lgan;
O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan;
Oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lgan (bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) yoshlar foydalanishi mumkin.

Ssuda olish uchun:
⏺ Ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi.
⏺ "Work and Travel" dasturiga oid viza.
⏺ Qarzni qaytarishga kafilning roziligi yoki sug‘urta polisi kerak bo‘ladi.

💰 Ssuda har yili 2000 nafar talabaga BHMning 40 baravari miqdorida ajratiladi. Ssuda olgan talabalar uni xorijiy vizaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng 1 oy ichida Yoshlar ishlari agentligiga to‘liq qaytarishi shart.

❗️ Ariza topshirish juda oson! Shunchaki my.gov.uz portaliga kiring va onlayn ariza qoldiring.

Barcha yangiliklar

♻️ 5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

Bugun — tabiatni asrash, ekologik muammolarga e’tibor qaratish kuni. O‘zbekiston hukumati yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga intilmoqda.

05.06.2025
❗️ Haydovchilar diqqatiga! Jarima ballaringizdan onlayn xabardor boʻling!

❗️ Haydovchilar diqqatiga! Jarima ballaringizdan onlayn xabardor boʻling! 🚓 Endilikda sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari to'g'risidagi ma'lumotni my.gov.uz orqali onlayn olishingiz mumkin!

02.06.2025
❗️ Hademay oliygohlarga qabul boshlanadi. Maktab bitiruvchilari yaqinroq keling!

❗️ Hademay oliygohlarga qabul boshlanadi. Maktab bitiruvchilari yaqinroq keling! 🆕 Joriy yil maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishlari mumkin.

02.06.2025
❗️ Diqqat! Ijtimoiy tarmoqdagi firibgarlar haqida ogohlantirish!

👨‍💻 Hurmatli foydalanuvchilar! 📱 So‘nggi paytlarda My.gov.uz va One ID nomi ostida ijtimoiy tarmoqlarda turli soxta kanallar va sahifalar ochilib, foydalanuvchilarni chalg‘itish va shaxsiy ma'lumotlarini olishga urinish holatlari ko‘paymoqda.

31.05.2025
☄️ my.gov.uz dan IYUN OYI YANGILIKLARI!

☄️ my.gov.uz dan IYUN OYI YANGILIKLARI! ❗️ my.gov.uz dan yangiliklar mavsumini qarshi oling! Iyun oyida foydalanuvchilarimizga qanday qulayliklarni taqdim etamiz?

31.05.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting