🖥👨🏻🦼Ushbu kurs orqali nogironligi bo‘lgan shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)dan foydalanishni o‘rganishadi. Kurs bepul bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarni my.gov.uz portalidan foydalanishga o‘rgatishga qaratilgan amaliy darslardan iborat.
Kurs dasturi (1,5 - 2 soatlik beshta dars):
1) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali nima va u qanday ishlaydi?
2) my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy kabinetga kirish
3) Ijtimoiy xizmatlar: arizani qanday topshirish mumkin?
4) my.gov.uz mobil ilovasi
5) Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va onlayn xavfsizlik.
🔗 Kursda ro‘yxatdan o‘tish uchun arizani to‘ldiring:
https://forms.gle/MyyW2ANgLsLqowL77
Kurs 1 oy davomida onlayn va oflayn gibrid formatda o‘tkaziladi. Kursni Yagona portalni rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi Abdulaziz Salimov olib boradi.
🗓 Arizalar 2025-yil 16-may soat 17:00 gacha qabul qilinadi.
🗣Ushbu kurs Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi, Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi va “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilyapti.
❗️Ushbu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!