❗️ Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar umumiy hamda ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik ma’lumotlarni onlayn tarzda so‘rab olishlari mumkin.
✔️Ushbu xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchidan xizmat turini, maʼlumot so‘ralayotgan hudud va tumanni, meteorologik ma'lumot turini hamda so‘ralayotgan maʼlumotlarning davrini belgilash talab etiladi.
⏱️ So'ralgan ma'lumotlar 10 ish kuni ichida taqdim etiladi.
📱 My.gov.uz bilan davlat xizmatlari yanada yaqinroq!