Hurmatli foydlanuvchilar!
Bugun biz Jahon suv resurslari kunini nishonlaymiz — bu kun butun dunyo hamjamiyati sayyoramizning eng muhim tabiiy boyliklaridan birini saqlab qolish yo‘lida birlashadigan kunda nishonlanadi. Suv — hayot manbai bo‘lib, uning mavjudligi har bir inson farovonligining kafolati hisoblanadi.
Sizlarga suvdan oqilona foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini eslatmoqchimiz. Iqlim o‘zgarishi va aholining o‘sishi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi birinchi o‘ringa chiqmoqda. Biz barcha fuqarolarni kundalik hayotda suvni tejashga, zamonaviy texnologiyalar va suv ta’minoti tizimlaridan foydalanishga hamda atrofimizdagi suv havzalarining tozaligiga g‘amxo‘rlik qilishga chaqiramiz.
Dunyo miqyosida suv resurslari holati alohida nazorat ostida bo‘lib, har birimiz bu qimmatbaho tabiiy boylikni saqlab qolishga hissa qo‘sha olamiz.
Yagona davlat xizmatlari portalida suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni asrashga qaratilgan quyidagi xizmatlardan foydalanishingiz mumkin:
• Gidrogeologik xulosa olish
• Sun’iy suv havzalaridan maxsus suvdan foydalanish yoki suv iste’moli uchun ruxsat olish
• Sun’iy suv havzalaridan maxsus suvdan foydalanish yoki suv iste’moli uchun ruxsat olish
• Suv xo‘jaligi inshootlarini (moslamalarini) suv obyektlarida ko‘chirish, qayta qurish bo‘yicha xulosa taqdim etish

Jahon suv resurslari kuni: Suvni asrang!
22.03.2025
Barcha yangiliklar


⏺ my.gov.uz orqali yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish juda oson!
⏺ my.gov.uz orqali yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish juda oson!
06.08.2025
☄️ Ushbu xizmatni faollashtirib qo’ysangiz, Sizning nomingizga hech kim kredit rasmiylashtira olmaydi!
☄️ Ushbu xizmatni faollashtirib qo’ysangiz, Sizning nomingizga hech kim kredit rasmiylashtira olmaydi!
05.08.2025
🗣 Parvarishga muhtoj shaxsga g'amxo'rlik qilayapsizmi? Bu haqidagi dalolatnomani my.gov.uz orqali oson oling!
🗣 Parvarishga muhtoj shaxsga g'amxo'rlik qilayapsizmi? Bu haqidagi dalolatnomani my.gov.uz orqali oson oling!
04.08.2025
❗️ Talabalar turar joyiga ariza topshirish boshlandi
❗️ Talabalar turar joyiga ariza topshirish boshlandi
01.08.2025