Yangi talqinga o'tish
image

Tibbiy buyumlarni va dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

19.10.2020

Farmatsevtika sohasida faoliyat yuritasizmi? Xorijdan tibbiyot va dori vositalarini import qilishda vaqtingiz va pulingizni, ayniqsa asablaringizni asrashni istaysizmi? Buning yo‘li oson.

Endi siz tibbiyot sohasiga tegishli mahsulotlar va dori vositalarini yurtimizning meditsina va farmatsevtika bozoriga olib kirishda uni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish orqali tegishli guvohnomani qo‘lga kiritishingiz mumkin. 

Tibbiy buyumlar va dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish barcha uchun majburiy tartib bo‘lib, bundan maqsad mamlakat bozorida foydalaniladigan va sotiladigan mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlashdir.

Tibbiy buyumlar va dori vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nima qilish zarur?

Buning uchun Sizga my.gov.uz Yagona portali tegishli guvohnomani olish tartib-taomillarini yengillashtirish va sezilarli darajada tezlashtirish orqali barcha jarayonlardan o‘tishingizda o‘z yordamini taqdim etadi.

Mazkur xizmatdan foydalanishda Sizdan quyidagilar talab etiladi xolos:

  • Yagona portal My.gov.uz ga o‘tish;
  • “Litsenziyalash” bo‘limidan mazkur xizmat turini topish; 
  • Kerakli ketma-ketlikni amalga oshirish;
  • Tegishli idora javobini kutish.

Guvohnoma berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun ariza berilgan kundan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari hajmida to‘lov undiriladi.  

Xizmatdan foydalanish uchun havola:
https://my.gov.uz/oz/service/view/329 - O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berish xizmati;
https://my.gov.uz/oz/service/330 - Tibbiy buyumlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza yuborish xizmati

My.gov.uz - Siz o‘ylagandan ko‘ra osonroq

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting