Yangi talqinga o'tish
image

Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

08.05.2024

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lgangacha), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi. 

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan.

Talabgorlar ushbu xizmatdan foydalanish uchun:

- my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;

tegishli xizmatni tanlashi;

- undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.

Xizmatdan foydalanish bepul. 

Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi. Bunda ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi.

Shundan so‘ng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi. 

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting