Yangi talqinga o'tish
image

Endi barcha fanlardan milliy sertifikat olish mumkin

21.02.2024

My.gov.uz portalida barcha fanlardan (tegishli umumta’lim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga ariza berish xizmati joriy etildi.
 
Shu o‘rinda biologiya, qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlanganini ma’lum qilamiz. 

Ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda. 

Xizmat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to’lov undiriladi, my.gov.uz orqali foydalanganda 10 foiz arzon bo’ladi. 

Ma'lumot o'rnida: Umumta’lim fanlarini bilish darajasiga qarab – A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi. 

Sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi. 

Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi.  

Unga ko‘ra: 

  • 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja
  • 65-69,9 ball olgan talabgorga A daraja
  • 60-64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja
  • 55-59,9 ball olgan talabgorga B daraja
  • 50-54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja
  • 46-49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi. 

Abituriyentlar diqqatiga! 

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting