Yangi talqinga o'tish
image

Eski haydovchilik guvohnomasini uydan chiqmay almashtiring!

31.01.2023

Endi DXM yoki ichki ishlar organlariga borishingiz, rasmga tushib, hujjatlarga imzo qoʻyib, navbatlar kutib ovora boʻlib yurishingiz shart emas!

Yangi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

 Joriy yilning 30-yanvaridan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali almashtirish mumkin.

Buning uchun:

1. Ariza beruvchi YIDXPda roʻyxatdan yoki avtorizatsiyadan oʻtadi va ariza yuboradi;

2. Ariza shakllantirish jarayonida foydalanuvchining ID karta yoki biometrik pasportidagi rasmdan foydalanishga rozilik bildiradi, rasmdan foydalanishni rad etgan taqdirda yangi rasmga tushish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlinmalariga tashrif buyuradi;

3. Kompyuter yoki mobil telefon yordamida imzo chekadi;

4. Toʻlovlar amalga oshiriladi (BHMning 70 foizi - 210 000 soʻm) va qoʻshimcha toʻlov (25 000 soʻm) evaziga pochta xizmati orqali ikki ish kunida  haydovchilik guvohnomasi arizachi bergan manzilga yetkazib beriladi.

Agar guvohnomani oʻzingiz borib olishni istasangiz, arizada belgilangan DXMga tashrif buyurasiz.

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting