Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish
Аriza beruvchi Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda so‘rovnoma yuboradi.
Yuridik shaxslar
Гражданство пользователей
O‘zbekiston fuqarolari uchun
1. Markazning yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
2. Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashining Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun tavsiya etilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
3. Tegishli kasb (kvalifikatsiya) boʻyicha baholovchi ekspert sifatida jalb qilinishi rejalashtirilgan kamida 3 nafar nomzod toʻgʻrisida maʼlumotlar;
4. Malakani mustaqil baholash rejalashtirilgan kasb (kvalifikatsiya)lar boʻyicha ishlab chiqilgan baholash vositalari.
Arizani koʻrib chiqish – 3 ish kuni;
Ariza boʻyicha xabarnoma joʻnatish (kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha) – 1 ish kuni;
Joyiga chiqib yoki masofadan turib oʻrganish – 15 ish kuni;
Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan oʻrganilib qaror qabul qilish – 5 ish kuni;
Akkreditatsiya guvohnomasini berish – 1 ish kuni.
Ariza uchun - BHM 1 baravari;
Joyiga chiqib yoki masofadan turib oʻrganish uchun har bir kasb (kvalifikatsiya)
boʻyicha - BHM 5 baravari;
Guvohnoma blankasi uchun - BHM 2 baravari.
Umumiy statistika
| Yangilari | 25 |
| Jarayonda | 1 |
| Tugallanganlar | 11 |
| Rad etilganlar | 16 |
| To‘lov jarayonida | 8 |
| Bekor qilingan | 17 |
| Barcha | 78 |
