Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi
1.Arizachi DXMga o‘zi kelgan holda murojaat etish yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YalDXPda ro‘yxatdan o’tadi.
2. So‘rovnoma to‘ldirib kerakli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organga yuboriladi.
3.Vakolatli organ savdo shohobchasi ruxsat guvohnomasini olish uchun yuridik shaxslarga qo‘yiladigan talablarga javob berishini o’rganadi.
4.Vakolatli organ ruhsat guvohnomasini o‘zining ERIsi bilan tasdiqlaydi va davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki arizachiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YalDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, u joylashgan joy (pochta manzili), bank muassasasi nomi va bankdagi hisob raqamining tartib raqami ko‘rsatilgan holda ruxsat guvohnomasi berilishi to‘g‘risida ariza;
shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 100 baravari miqdorida va qishloq joylarda hamda chekka tog‘li tumanlarda — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi;
chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan bank hujjatining nusxasi.
Umumiy statistika
Yangilari | 117 |
Jarayonda | 46 |
Tugallanganlar | 20228 |
Rad etilganlar | 2259 |
To‘lov jarayonida | 1007 |
Bekor qilingan | 2223 |
Barcha | 25880 |