Xorijiy davlatda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)
1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.
Bunda ariza o‘rta maxsus, professional (kollej, texnikum), oliy ta’lim (bakalavr, magistr), malaka oshirish, qayta tayyorlash bo‘yicha ariza berishi mumkin.
2. Bilim va malakalarni baholash agentligi arizachiga 10 ish kuni ichida Ekspert komissiyasining xulosasi (test sinovi belgilanganligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olishga tavsiya etilganligi yoki tan olish rad etilganligi)ni YIDXP orqali xabarnoma yuboradi
3. Xorijiy davlatda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjat tan olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma elektron shaklda arizachiga yuboriladi
+998 (71) 234-46-83
Call markaz: 1195
Jismoniy shaxslar
Хorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi;
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjat va unga ilovaning O'zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.
10 ish kuni
Yig'im
- jismoniy shaxslar uchun- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 1112400 so'm (2.7 BHM)
Umumiy statistika
| Yangilari | 21 |
| Jarayonda | 977 |
| Tugallanganlar | 13547 |
| Rad etilganlar | 17447 |
| To‘lov jarayonida | 3675 |
| Bekor qilingan | 3155 |
| Barcha | 38822 |
