Yangi talqinga o'tish
icon

Telefon raqamini qayta rasmiylashtirish

Jismoniy shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
Jismoniy shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

1. Ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtorizatsiyadan (yoki ro‘yxatdan) o‘tadi va ariza beradi.

2. Arizada raqamni qabul qiluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi, shundan so‘ng avtomatik ravishda tegishli so‘rov yuboriladi.

3. Abonent raqamini qabul qiluvchi shaxsiy kabinetda xabarnoma oladi.

4. Qabul qiluvchi raqamni qayta rasmiylashtirish so‘rovini tasdiqlaydi yoki rad etadi.

5. Ariza beruvchi so‘rov natijasi to‘g‘risida xabarnoma oladi. Qabul qiluvchi so‘rovni tasdiqlagan taqdirda, ariza beruvchi arizani yakunlaydi.

6. Ariza mobil aloqa operatori tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

7. Mobil aloqa operatori ariza tushgan so‘ng ariza beruvchini xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov miqdori to‘g‘risida xabardor qiladi.

 

Call-markaz:

  • Uztelekom - 1099;
  • MobiUz - (+998) 97 130 09 09;
  • Ucell - (+998) 93 180 00 00, (+998) 93 181 00 00;
  • Beeline - (+998) 90 185-00-55;
  • Perfectum - (+998) 98 127 00 77, (+998) 98 305 1111.

Mobil aloqa operatorlarining belgilangan tariflariga muvofiq.


Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 0 odam

Umumiy statistika

Yangilari 24
Jarayonda 0
Tugallanganlar 0
Rad etilganlar 0
To‘lov jarayonida 0
Bekor qilingan 0
Barcha 24

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting