Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini elektron reyestrda ro'yxatdan o‘tkazish va ko‘p kvartirali uyni biriktirish
1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.
2. Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari buyurtmani ko‘rib chiqadi va o‘rganish natijalari bo‘yicha buyurtmani kelishib, vakolatli organga yuboradi yoki asoslantirilgan rad javobini beradi.
3. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi talabgorni boshqarish organi sifatida elektron reyestrga kiritadi (yoki ko‘p kvartirali uyni elektron reyestrda boshqarish organiga biriktiradi) yoki asoslantirilgan rad javobini beradi.
+998 (71) 210-11-04 (1530)
Jismoniy va yuridik shaxslar
1. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:
Jismoniy shaxs:
- Ko‘p kvartirali uyni boshqarish vakolatini beruvchi hujjatlar;
- Topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
- Ishchi-xizmatchilari hamda moddiy-texnik bazasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pasporti (Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun);
Yuridik shaxs:
- Ishchi-xizmatchilari hamda moddiy-texnik bazasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pasporti;
- Shtatlar jadvali.
2. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish uchun:
Jismoniy shaxs:
- Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan tuzilgan shartnoma;
- Dispetcherlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma;
Yuridik shaxs:
- Ko‘p kvartirali uyni boshqarish vakolatini beruvchi hujjatlar;
- Topshirish-qabul qilish dalolatnomasi.
8 ish kuni
Йиғим
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 185400 so'm (0.45 BHM)
Umumiy statistika
| Yangilari | 0 |
| Jarayonda | 97 |
| Tugallanganlar | 1912 |
| Rad etilganlar | 3428 |
| To‘lov jarayonida | 430 |
| Bekor qilingan | 342 |
| Barcha | 6209 |
