Texnikalarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishda, shuningdek, texnikalarga davlat raqami belgilari, vaqtincha texnik pasport va texnik guvohnomani berishda undiriladigan to'lov miqdorlari
№  | Davlat xizmati nomi  | To‘lov miqdori  | 
I. Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga davlat raqami belgilarini berish uchun  | ||
1.1.  | Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga davlat raqami belgilarini (keyingi o‘rinlarda — DRB) berish uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida  | 
1.2.  | Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan DRB o‘rniga yangisini berish uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida yig‘im  | 
1.3.  | Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan DRB o‘rniga yangisini berish uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida yig‘im  | 
II. Texnikalarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun  | ||
2.1.  | Texnik pasport beriladigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda o‘ziyurar mashinalarni davlat ro‘yxatidan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida  | 
2.2.  | Texnik guvohnoma beriladigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalarini davlat ro‘yxatidan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 18 foizi miqdorida  | 
III. Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda o‘ziyurar mashinalarga vaqtincha texnik pasport berish uchun  | ||
3.1.  | Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda o‘ziyurar mashinalarga texnik pasport berish uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida  | 
3.2.  | Yaroqsiz holga kelgan yoki o‘g‘irlangan yoxud yo‘qolgan texnik pasport o‘rniga yangisini berish uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im  | 
IV. Texnik pasport berilmaydigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalariga vaqtincha texnik guvohnoma berish uchun  | ||
4.1.  | Texnik pasport berilmaydigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalariga texnik guvohnoma berish uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida  | 
4.2.  | Yaroqsiz holga kelgan va o‘g‘irlangan yoxud yo‘qolgan texnik guvohnoma o‘rniga yangisini berish uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yig‘im  | 
V. Texnikani vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishda texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun  | ||
5.1.  | 100 ot kuchi va undan yuqori quvvatga ega g‘ildirakli traktorlar, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘ziyurar mashinalar hamda zanjirli va yarim zanjirli traktorlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida  | bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida  | 
5.2.  | 100 ot kuchigacha quvvatga ega g‘ildirakli traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda o‘ziyurar mashinalar, osma va yarim osma, zanjirli, yarim zanjirli va yig‘ma mashinalar uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida  | 
5.3.  | Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish mashinalari hamda agregatlar uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida  | 
5.4.  | Yo‘l-qurilish, melioratsiya va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yuk ortuvchi, paxta, don va urug‘larni qayta ishlashga mo‘ljallangan mashinalar, shuningdek, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashinalari va uskunalari, kichik mexanizasiya moslamalari uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida  | 
5.5.  | Mashina-traktor parklari, ta'mirlash ustaxonalari, servis punktlari va boshqalardagi har bir stanok, asbob-uskuna va jihozlar uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida  | 
5.6.  | Suv nasoslari uchun  | bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida  | 
 
 