Chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalarini hamda alohida bo‘linmalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish)
Chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalarini hamda alohida boʻlinmalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) xizmati bo'yicha ilova qilinadigan hujjatlar ro'yxati
| Xizmat turi | Taqdim qilinadigan hujjatlar |
| Doimiy muassasalarni soliq organlarida hisobga qo‘yish | Chet el yuridik shaxsining vakili orqali: 1. Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs oʻzi taʼsis etilgan mamlakatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat 2. Maxsus ruxsat beruvchi hujjatlar yoki litsenziyalar (mavjud bo‘lsa) 3. Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs nomidan Oʻzbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat (mavjud bo‘lsa) 4. Ijro etilishi doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan shartnoma (mavjud boʻlsa) O‘zbekiston Respublikasining norezidenti orqali: 1. Birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma 2. Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxsning oʻz mamlakatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi raqamini koʻrsatgan holda, tasdiqlovchi hujjat (yoki uning oʻrniga oʻtadigan hujjat) |
| Alohida bo‘linmalarni soliq organlarida hisobga qo‘yish | 1. Taʼsis etilgan mamlakatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat (soliq toʻlovchining xos raqami koʻrsatilgan holda) 2. Chet el yuridik shaxsi vakolatli organining Oʻzbekistan Respublikasida alohida boʻlinma tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori 3. Vakilning chet el yuridik shaxsi nomidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat (mavjud boʻlsa) |
| Doimiy muassasalarni soliq organlarida hisobdan chiqarish | 1. Vakilni tasdiqlovchi hujjat 2. Doimiy muassasa tashkil etishga olib keladigan shartnoma boʻyicha ishlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma 3. Faoliyati tugagan sanada tuzilgan moliyaviy va soliq hisobotlari |
| Alohida bo‘linmalarni soliq organlarida hisobdan chiqarish | 1. Vakilni tasdiqlovchi hujjat 2. Chet el yuridik shaxsi vakolatli organining alohida boʻlinmani tugatish toʻgʻrisidagi qarori yoki ishlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma 3. Faoliyati tugagan sanada tuzilgan moliyaviy va soliq hisobotlari |
