Yangi talqinga o'tish
image

1-fevraldan kuchga kiruvchi o‘zgarishlar!

28.01.2022

2022-yil 1-fevraldan O‘zbekiston qonunchiligida ayrim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Quyida ularning elektron xizmatlarga bog‘liq qismlarini eslatib o‘tamiz.

Elektron cheklarda fiskal belgilar aks ettiriladi

To‘lov tashkiloti, tijorat banklarining elektron to‘lov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), shuningdek, elektron tijorat platformalari — «Marketpleys»larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar bo‘yicha tranzaksiyalarning («P2P», kredit to‘lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o‘rnatiladi.

«Mehr daftari»ga kiritilgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni axborot tizimi orqali aniqlash

«Mehr daftari»ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga oid ma’lumotlarni «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlash yo‘lga qo‘yiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-81-son qaroriga ko‘ra, 2022-yil 1-fevraldan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi, eksperiment tariqasida, tegishli ro‘yxatda keltirilgan va o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

Barcha yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025
❗️ Moliyaviy xavfsizligingiz uchun bu juda muhim!

❗️ Moliyaviy xavfsizligingiz uchun bu juda muhim!

11.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting