⚡ ️Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!
📱 Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.
👉 Bunda:
💬 ro'yxatdagi tijorat banklaridan biri hamda u joylashgan hudud tanlanadi.
📝 Birgalikda qarz oluvchi va kafil ma'lumotlari kiritiladi.
📲 Shundan so’ng, birgalikda qarz oluvchi va kafilning my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetlariga xabarnomalar yuboriladi. Ular tomonidan xabarnoma tasdiqlanganidan so'nggina ariza yuboriladi.
🏛 Arizalar tegishli tijorat banki tomonidan 5 ish kunida ko'rib chiqiladi.
❓ Ta’lim krediti kimlarga beriladi?
Ta’lim krediti kunduzgi ta’lim shaklida, bakalavr va magistratura bosqichida, davlat va nodavlat OTMlarida o‘qiyotgan talabalar hamda o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilariga beriladi. Bu imkoniyatdan o‘qishini ko‘chirgan talabalar ham foydalanishi mumkin.
❗️ Bu xizmatdan faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydigan talaba va oʻquvchilar foydalanishlari mumkin.
👉 Kredit miqdori:
🔵 1-bosqich talabalari uchun 100% kontrakt toʻlovi;
👉 2-bosqich va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun:
🔵 fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha GPA (grade point average) koʻrsatkichi 3 dan past boʻlganda kontrakt toʻlovining 80% miqdori boʻyicha taʼlim krediti ajratiladi, qolganini talaba oʻzi toʻlaydi;
💰 Ta’lim kreditini qaytarish ham ancha oson va erkin. Uni o‘qish muddati tugaganidan so‘ng, yettinchi oydan boshlab, 7 yil davomida qaytarsangiz bo‘ladi. O‘g‘il bolalar uchun foizlar Markaziy bankning asosiy stavkasidan kelib chiqib belgilanadi, qizlarga esa foizsiz kredit ajratiladi.
🧑💻GPA koʻrsatkichi 3 va undan yuqori boʻlganda yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganda kontrakt toʻlovining 100% miqdori boʻyicha taʼlim krediti ajratiladi.
Ta’lim krediti super-kontraktda o‘qiydiganlar, sirtqi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklidagi talabalarga berilmaydi. Shuningdek, xorijdagi Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlar ham ta’lim kreditini ololmaydi.
Aziz talaba va o‘quvchilar, ushbu imkoniyatdan foydalanib, orzularingiz sari qadam tashlang! Ta’lim krediti – bu kelajak uchun ishonchli va foydali investitsiyadir!
