❗️ Abituriyentlarning taʼlim muassasalarini tanlashi uchun 1 kun vaqt qoldi. 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari shart.
📱 my.gov.uz orqali bu jarayon juda oson va qulay. Asosiysi, toʻgʻri tanlov qilishdan adashmang!
▶️ Quyidagi videoqoʻllanma sizga my.gov.uz orqali OTM va yoʻnalishlarni tanlashni, arizani tasdiqlashni va qayd varaqangizni yuklab olishni qadam-baqadam o'rgatadi.
Esda tuting!
⏺ Tanlov muddati tugaguncha (8-avgust), maʼlumotlaringizni oʻzgartirish va qayd varaqasini qayta yuklab olish imkoniyati mavjud.
🔵 Yakuniy natijalar tanlov tugaganidan soʻng bir hafta ichida ma'lum bo'ladi!
👍 Ushbu foydali videoni do’stlaringizga ham yuborib qo’ying!