Yangi talqinga o'tish
image

🗣 Parvarishga muhtoj shaxsga g'amxo'rlik qilayapsizmi? Bu haqidagi dalolatnomani my.gov.uz orqali oson oling!

04.08.2025

🟡 Agar siz I guruh nogironi, 18 yoshgacha nogiron bolasi yoki 80 yoshdan oshgan qariyaga g'amxo'rlik qilayotgan bo‘lsangiz, bu muhim xizmat aynan siz uchun

⌛ Endi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga qarab turish haqidagi dalolatnomani my.gov.uz orqali rasmiylashtirish juda oson.

Bu xizmat sizga nima beradi?

Xizmat natijasida taqdim etilgan dalolatnoma yoshga doir pensiya hisoblanayotgan vaqtda parvarishlash davri qonuniy mehnat staji sifatida hisoblanishi uchun asos bo'ladi. 

Dalolatnomani olish uchun my.gov.uz  orqali uydan chiqmagan holda ariza topshirasiz.

Murojaatingiz Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko’rib chiqiladi.

Bu xizmat uchun sizdan hech qanday to‘lov olinmaydi.

Arizangiz 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Dalolatnoma 12 oyga beriladi.

❗️ Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 318-son qarori.

📱 Yaqinlaringizga g'amxo'rlik qilishda ham my.gov.uz dan foydalaning. Arizangizni onlayn topshiring va qimmatli vaqtingizni tejang!

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting