💰 Endilikda ixtisoslashtirilgan maktablar, internatlar, inklyuziv sinflar va reabilitatsiya markazlarida ta’lim olayotgan ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasallikka chalingan bolalarning o‘qishga borish va kelish bo'yicha transport xarajatlari qoplab beriladi!
📱 Buning uchun o‘quvchining qonuniy vakili my.gov.uz orqali "Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanish uchun subsidiya" olishga ariza yuboradi. Ariza bor-yo‘g‘i 30 daqiqa ichida ko‘rib chiqilib, subsidiya tasdiqlanadi.
👉 Qoplanadigan subsidiya miqdori:
💬 "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oiladagi o'quvchilar uchun: Har bir qatnov to‘lovining 100 foizi (bir oyda BHMning 1.2 baravaridan – 450 000 so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda).
💬 "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilmagan oiladagi o'quvchilar uchun: Har bir qatnov to‘lovining 60 foizi (bir oyda BHMning 1.2 baravaridan – 450 000 so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda).
❗️ Eslatma:
Hozircha faqat YANDEX GOning transport xizmati xarajatlari qoplab beriladi, ya'ni qaysi viloyatlarda YANDEX GO xizmatlari taqdim etilsa, shu hududdagi talabgorlar xizmatdan foydalanishi mumkin.
YANDEX GO orqali taksi xizmatidan foydalanish bo'yicha tanishish uchun havola: https://go.yandex/uz_uz/lp/rides/social
🗣O'z navbatida, ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatida ishtirok etmoqchi bo'lgan yo'lovchi tashish bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin.