Yangi talqinga o'tish
image

❗️ Davlat xizmatlari bo‘yicha shikoyatlaringiz bormi? Endi ularni onlayn hal qiling!

22.07.2025

📱 Yangi joriy etilgan xizmat orqali vakolatli organlarning davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilgan ma’muriy hujjatlari ustidan shikoyat yo‘llash tartibi soddalashtirildi. Bu orqali nizolar sudgacha bo'lgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Arizani kim ko‘rib chiqadi? Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashi.

📆 Murojaatni ko’rib chiqish muddati: Ariza tushgan kundan boshlab 15 kun ichida. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilsa, bu muddat 1 oygacha uzaytirilishi mumkin.

❗️ Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi!

Muhim eslatma:
Hozircha, xizmat tartibini belgilovchi vaqtinchalik nizom 2026-yil 1-iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida ko‘rsatiladigan ayrim turdagi davlat xizmatlariga nisbatan qo‘llaniladi. Agar eksperiment muvaffaqiyatli o‘tsa, bu xizmat butun respublika bo‘ylab joriy etiladi.


📱 Shikoyat yo‘llash tartibi va xizmatlar ro‘yxati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ–188-son qarori orqali tanishishingiz mumkin.

✅ Davlat xizmatlaridan foydalanishda duch kelgan muammolarni endi qulay va shaffof tarzda hal qiling!

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting