Yangi talqinga o'tish
image

☄️ Ipoteka krediti uchun davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati joriy yilning 10-iyul sanasida qayta ishga tushiriladi 

03.07.2025

💰 My.gov.uz da Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish davlat xizmati Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya ajratishning foydalanilmay qolgan maqsadli ko‘rsatkichlari  asosida qayta ishga tushirilishini ma’lum qilamiz.

❗️Eslatma:
Subsidiya olish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball toʻplagan boʻlishi lozim.

👉 Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko’rsatilgan hollarda) o’rtacha daromad miqdori quyidagi chegaralarda boʻlishi zarur:
💬 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda: MHTEKMning 2,7 baravardan (3 118 500 soʻm) – 8 baravargacha (9 240 000 soʻm)
💬 Toshkent shahrida: MHTEKMning 2,7 baravardan (3 118 500 soʻm) – 9,2 baravargacha (10 626 000 soʻm)

🏠 Ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi nomida butun respublika boʻylab mulk huquqi asosida turar joy mavjud boʻlmasligi lozim.

💻 Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar alohida mezonlar asosida baholanadi.

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting