Yangi talqinga o'tish
image

❗️ Yangi xizmat! Nomingizga kredit rasmiylashtirilishini cheklang!

02.07.2025

🗣 Firibgarlardan himoyalanishda yana bir ishonchli qadam! 

⌨️ Afsuski, firibgarlar tomonidan boshqa birovning nomiga kredit rasmiylashtirish holatlari uchrab turibdi. Shu paytgacha fuqarolar kredit tarixi olishga cheklov qo‘yish imkoniyatiga ega edilar. Endi esa bunday noxush vaziyatlarning oldini olish uchun yanada kuchliroq vosita bor!

👨‍💻 my.gov.uz portalida “Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqlashni olib tashlash” xizmati ishga tushirildi!

❓ Bu nima degani? Endilikda siz nomingizga kredit rasmiylashtirilishiga osongina taqiq qo‘yishingiz mumkin! Kredit tashkilotlari esa qarz berishdan oldin, fuqaro o‘ziga kredit ajratilishiga taqiq qo‘yganmi-yo‘qmi, tekshirishga majbur. Agar taqiq aniqlansa, sizning nomingizga kredit ajratilmaydi!

🗣 Ushbu qulaylikdan foydalanish juda oddiy!

💬 my.gov.uz portalida “Iqtisodiyot, biznes va e-tijorat” boʻlimiga oʻting.
💬 "Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqlashni olib tashlash" xizmatini tanlang.
💬 Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish uchun “faollashtirish”ni, olib tashlashda esa “xizmatni o‘chirish” tugmasini bosing.

📲 Agar zarurat tugʻilsa, xizmat natijasi bo‘yicha maʼlumotnomani ham onlayn yuklab olish mumkin.

Eng muhimi: mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

📱 my.gov.uz yordamida o‘zingiz va yaqinlaringizni firibgarliklardan himoya qiling!

Barcha yangiliklar

📱 MyGov raqamli servislaridan to'g'ri foydalanish tartibini bilib oling!

▶️ Raqamli hujjatlardan to'g'ri foydalanish, ularni tekshirish va xavfsizligini ta'minlashni bilmoqchimisiz? Batafsil videoqo'llanmamizda tanishing!

03.07.2025
❗️ Yangi xizmat! Nomingizga kredit rasmiylashtirilishini cheklang!

🗣 Firibgarlardan himoyalanishda yana bir ishonchli qadam!

02.07.2025
Davlat gerbimizga 32 yil: Tarix, qadriyat va raqamli davr.

2 iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. 1992 yilda tasdiqlangan ushbu muqaddas ramz — milliy tariximiz va davlatimizning mustaqillik timsolidir.

02.07.2025
⚡️ Prezident maktablariga imtihonlar: muhim sana yaqinlashmoqda!

❗️ 6-iyul kuni Prezident maktablariga qabul imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

02.07.2025
❗️ my.gov.uz – 12 yoshda!

✨ Bugun biz uchun muhim sana! 12 yil avval, 2013-yil 1-iyulda, Oʻzbekistonda raqamli davlat xizmatlarining poydevori – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz ishga tushirilgan edi.

01.07.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting